Har bir tug'ilgan bolaga bitta ko'chat
Fuqarolik holati bo'limida bola tug'ilganda ota-onaga ism yozilgan yorliq bilan ko'chat beriladi. Ko'chat mahalladagi ajratilgan yerga ekiladi va oila uni parvarish qiladi.
Kutilayotgan natija
Yiliga viloyat bo'yicha 25 mingga yaqin daraxt ekiladi va har birining egasi aniq bo'ladi.
Bolaning ismi yozilgan taxtacha yillar o'tib qaytib keladigan joy bo'ladi. Juda chiroyli.
Ko'chat turini iqlimga qarab tanlash kerak, aks holda ko'p suv talab qiladigan navlar o'lib ketadi.
Eng muhimi daraxtning egasi bo'lishi. Egasiz ko'chat ikki oyda qurib qoladi.