Chiqindidan qurilish plitasi
Plastik chiqindi qum bilan aralashtirilib, yo'lka plitasi va bordyur ishlab chiqariladi. Xomashyo tekin, mahsulot esa oddiy betondan arzonroq va yengilroq chiqadi.
Kutilayotgan natija
Kichik sex kuniga 800 dona plita chiqaradi, 12 kishi ish bilan ta'minlanadi.
Plastikni eritishda chiqadigan gaz bo'yicha filtr kerak, aks holda ekologiya loyihasi ekologiyaga zarar beradi.
Birinchi buyurtmachi mahalla bo'lishi mumkin, yo'lkalarni ta'mirlashda sinab ko'riladi.
Sifat sertifikati masalasi bor. Standartdan o'tmasa, hech bir qurilish tashkiloti sotib olmaydi.